17:11 / 05.03.2023
298

Superliga. OKMK “Surxon” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. OKMK “Surxon” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turida “Surxon” va “OKMK” jamoalari 5 mart, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 26-daqiqasida termizliklar Silvanus Nimelining goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga olmaliqliklar 37-daqiqada Oybek Rustamovning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Shohruh Gadoyev “OKMK”ning ikkinchi golini urdi. 62-daqiqada termizliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. Xurshid G‘iyosovning zarbasini darvozabon bartaraf etdi, biroq qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Xurshid hisobdagi farqni oshirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“OKMK” keyingi turda “Bunyodkor” bilan o‘ynaydi, “Surxon” esa “Andijon”ga qarshi saf tortadi.

“Surxon” — “OKMK” 1:3

Gollar: 1:0 – 26 Nimeli, 1:1 – 37 Rustamov, 1:2 – 49 Gadoyev, 1:3 – 62 G‘iyosov.

“Surxon”: 1.Artyom Potapov, 2.Boburjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Aziz Pirmuhamedov, 7.Doston Tursunov, 8.Humoyun Sherbo‘tayev, 10.Tamirlan Jamalutdinov, 15.Diyor Ramazonov (11.Qadamboy Nurmetov, 81), 18.Silvanus Nimeli, 55.Shohjahon Sultonmurodov, 99.Kamron Saidazimov (66.Behruz Shaydulov, 68).

“OKMK”: 25.Valijon Rahimov, 2.Akrom Komilov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Abdulla Abdullayev (3.Sardor Rahmonov, 76), 9.Ruben Sanches (17.Sanjar Tursunov, 90+2), 10.Xurshid G‘iyosov (19.Muhammadanas Hasanov, 90+2), 15.Oybek Rustamov, 22.Shohruh Gadoyev (11.Irakli Ruxadze, 76), 88.Siavash Haqnazariy (27.Martin Boake, 63).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK “Surxon” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi