U-20 Osiyo Kubogi 2-turida Eron ustidan qo‘lga kiritilagn 3:2 hisobidagi g‘alabadan keyin Avstraliya yoshlar termasi ustozi Trevor Morgan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
O‘yin haqida fikrlaringiz?
– Avvalroq aytib o‘tganimdek, har bir o‘yin juda qiyin bo‘lishi aniq edi, Eron bugun kuchli qarshilik ko‘rsatdi, lekin biz g‘alabani ko‘proq hohladik va unga erishdik deb o‘ylayman.
Bugun o‘yin uslubi ko‘proq xujum qilishga qaratilganmidi?
– Ha, menimcha bugun hujumga o‘tishimiz kerak edi, raqib ham birinchi taymda to‘pni bizga berib qo‘ydi va albatta biz xujumga o‘tdik.
Ikkinchi taym boshida Eron o‘yinga qaytdi va maydonda jang boshlandi, o‘sha vaqt yigitlarning ruhiy holati qanday edi?
– Biz Eron terma jamoasini kurashishini bilar edik, agar uchrashuv 120 daqiqa davom etganida ular 120 daqiqa tinmay o‘ynashar edi va biz bunga tayyor edik. Yigitlarning asosiy maqsadi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish va ular ushbu yo‘lda har bir raqibga tayyor bo‘lishlari kerak.
Keyingi uchrashuv Qatar terma jamoasiga qarshi, so‘ngi uchrashuvda Avstraliya terma jamoasidan nima kutsak bo‘ladi?
– (jilmayib) O‘yinni stadiondan tomosha qilishga keling va barchasini bilib olasiz.
Bahsda dublga erishib, qahramonga aylangan Avstraliya termasi a’zosi Adrian Segechich
Bugungi o‘yiningizdan qoniqdingizmi?
– Ha, albatta men bugun ikkita gol urdim va eng muhumi jamoamga 3 ochko ishlashga yordam berdim. Eron kuchli himoyaga ega jamoa, ular himoyada ancha yaxshi xarakat qilishdi.
Eronlik himoyachilarga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ldimi?
– Albatta, ular meni taqid qilib yurishdi desak ham bo‘ladi, lekin muhumi g‘alabaga erishdik. Keyingi uchrashuv haqida o‘ylashimiz kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring