22:14 / 05.03.2023
681

Britaniyalik general: “Urushdan norozi rus generallari Putinni Kremldan haydashi mumkin”

Britaniyalik general: “Urushdan norozi rus generallari Putinni Kremldan haydashi mumkin”

Agar Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatli yakunlanib, Rossiya armiyasi qulasa, Vladimir Putin Kremldan haydalishi mumkin. Bu haqda Britaniya Bosh shtabining sobiq rahbari, general Richard Dannat Sky News'ga ma’lum qildi.

Uning fikricha, Ukraina harbiylari yoz boshida ittifoqchilardan texnika hamda o‘q-dorilarni olgan holda muvaffaqiyatli qarshi hujumni o‘tkazishi mumkin. General bunday holatda 2023 yil jang maydonida hal qiluvchi natijaga erishishda real imkoniyat borligini aytdi. Frontning ma’lum nuqtalarida Rossiya armiyasiga berilgan bir nechta hal qiluvchi zarbalar ularining ruhiyatini buzishi mumkinligi ta’kidlandi.

Gap shundaki, Ukraina kuchlari butun jang maydonida armiyaga qarshi qaqshatqich zarba bermasa ham bo‘ladi. Shunchaki Rossiyani yetarlicha askarlarni yo‘qotganiga ishontirish kerak va shunda ular bunga ishonadi hamda mag‘lub bo‘ladi”, — deydi u.

Dannatning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi 2023 yilda yakunlanishi uchun G‘arb yetarlicha harakat qilmagan. General urushdan norozi rus generallari Vladimir Putinni Kremldan haydab yuborishi mumkinligini ta’kidladi.

Agar Ukrainaning qarshi hujumi yetarli darajada yaxshi rejalashtirilib, qo‘llab-quvvatlansa va amalga oshsa, Putin o‘z-o‘zidan yetarlicha qarorlar qabul qilolmaydi. Agar uning armiyasi parchalansa, uning ham Kremldan chiqarib yuborilishi ehtimoldan xoli emas”, — dedi u. 

Shu bilan birga, general Putin o‘rniga kim kelishini bashorat qila olmasligini bildirdi. Biroq Rossiyada ayni paytdagi eng norozi bo‘lgan qatlam bu generallar ekanini qayd etdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Britaniyalik general: “Urushdan norozi rus generallari Putinni Kremldan haydashi mumkin”