19:05 / 06.03.2023
365

Yaponiya bosh murabbiyi: "Raqibga qoyil qoldik"

Yaponiya bosh murabbiyi: "Raqibga qoyil qoldik"

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasi - Yaponiya uchrashuvida yaponiyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Yaponiya jamoasi bosh murabbiyi Koichi Togashi ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Raqibga qoyil qoldik. Ular ajoyib harakat qilishdi. Qirg‘iz Respublikasi vakillari hujumlarda ham keskin o‘yin namoyish eta oldi. Ilk bo‘limda gol ura olmadik, to‘g‘ri. Biroq biz sabr qildik va ikkinchi taymda o‘zimiz uchun kerakli natijani qo‘lga kiritdik.

Bu jahon chempionati yo‘llanmasini beradigan turnir. Ammo bu turnirda bosim ostida o‘ynashni istamaymiz. Shu sababli, o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilmoqdamiz. Natijadan juda mamnunman. Hammasi ajoyib yakunlandi.

Hozircha Xitoy va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuv natijasini bilmaymiz. Ammo shuni bilamizki, saudiyaliklar kuchli terma. Ular har bir jamoaga muammo tug‘dira oladi. Biroq biz ham osonlikcha taslim bo‘lmaymiz va g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Qayd etish lozim, futbolchilarim o‘yindan o‘yinga yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda.

"Barselona"da o‘ynaydigan himoyachimiz ilk bahsda zaxirada qoldirildi. Sababi, uning chizig‘ida o‘ynaydigan yana bir futbolchimiz ham o‘zini yomon ko‘rsatmayotgandi. Raqobatni oshirish maqsadida rotatsiya qilishga qaror qildik va hozircha bu o‘zini oqlayapti", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiya bosh murabbiyi: "Raqibga qoyil qoldik"