Londonning “Chelsi” klubidan iste’foga chiqqanidan so‘ng ishsiz qolgan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Sun nashrining xabar berishicha, nemis mutaxassisining xizmatlariga “Roma” jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Bo‘rilar" rahbariyati Tuxelni jamoaning amaldagi ustozi Joze Mourino iste’foga chiqarilgan taqdirda bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida belgilagan. Oldinroq, agar jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, portugaliyalik mutaxassis klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
“Roma” A Seriyaning 25 ta o‘yinidan so‘ng 47 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida UYEFA Chempionlar ligasining keyingi mavsumida o‘ynash huquqini taqdim etdigan 4-o‘rinni egallab turibdi.
Chelsi KlubiTomas TuxelRoma JamoasiJoze MourinoA SeriyaUYEFA Chempionlar Ligasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar