“Manchester Yunayted” rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan bir necha futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qildi.
Bosh murabbiy Erik ten Xag o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan barcha o‘yinchilarni qo‘yib yuboradi. Niderlandiyalik mutaxassis himoya markazida Rafael Varan va Lisandro Martinesni o‘ynatmoqchi. Jamoa sardori Harri Maguayr o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.
Hozirgi murabbiyga bir necha mavsumdan beri o‘z salohiyatini to‘la ocholmagan Antoni Marsyal va Skot Maktonimay kabi tajribali o‘yinchilardan ham voz kechadi.
Shuningdek, mavsumni boshqa jamoalarda o‘tkazayotgan himoyachilar Erik Beyi va Aleks Telles, darvozabon Din Xenderson ham Erik ten Xag rejasiga kiritilmagan va yozda o‘zlariga yangi ish joyi qidirishlariga to‘g‘ri keladi.
Manchester YunaytedErik Ten XagFutbolchilar BilanO'yinchilarni Qo'yibHarri MaguayrYangi Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar