Yevropa Ligasi. “Arsenal” Lissabonda durang o‘ynadi, “Roma” ispan klubidan ustun keldi

Yevropa Ligasi. “Arsenal” Lissabonda durang o‘ynadi, “Roma” ispan klubidan ustun keldi

Yevropa Ligasi. “Arsenal” Lissabonda durang o‘ynadi, “Roma” ispan klubidan ustun keldi


Foto: Getty Images


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 final dastlabki bahslari doirasidagi to‘rtta o‘yin 9-mart, payshanba oqshomida bo‘lib o‘tdi.

“Arsenal” Lissabonda “Sporting” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 22-daqiqasida londonliklar Vilyam Salibaning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. 34-daqiqada maydon egalari muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Paulinyu portugal klubining ikkinchi golini urdi. 62-daqiqadagi avtogoldan keyin hisob yana tenglashdi. Qolgan vaqtda darvozalar daxlsiz qoldi.

“Roma” o‘z uyida “Real Sosyedad”ni qabul qildi. Stefan ash-Shaaravi va Marash Kumbulaning gollari italyan klubiga g‘alaba olib keldi.

Leverkuzenning “Bayer” jamoasi o‘z maydonida “Ferensvarosh”ni 2:0 hisobida yengdi. “Union” va “Yunion” bellashuvida jangovar durang qayd etildi.

Mazkur juftliklar o‘rtasidagi javob bahslari 16-mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Yevropa Ligasi

1/8 final, dastlabki o‘yin

9-mart, payshanba

“Sporting” (Portugaliya) – “Arsenal” (Angliya) 2:2

Gollar: 0:1 – 22 Saliba, 1:1 – 34 Inasiu, 2:1 – 55 Paulinyu, 2:2 – 62, avtogol Morita.

“Sporting”: Adan, Eshgayyu (Diomande, 76), Koates, Sen-Jyust, Inasiu, Mateus Reys, Pedru Gonsalvesh, Morita, Paulinyu (Shermiti, 76), Edvards (Issahaku, 89), Trinkau (Nunu Santush, 71).

“Arsenal”: Tyorner, Uayt, Kiver (Gabriel, 71), Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 63), Jaka, Jorjinyo (Parti, 71), Fabiu Viyeyra, Saka, Nelson (Smit-Rou, 71), Martinelli.

Ogohlantirishlar: Koates (23), Zinchenko (23), Martinelli (43), Morita (58).

“Roma” (Italiya) – “Real Sosyedad” (Ispaniya) 2:0

Gollar: 1:0 – 13 ash-Shaaravi, 2:0 – 87 Kumbula.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Lyorente (Kumbula, 46), Manchini, Matich, Kristante, Pellegrini (Veynaldum, 60), Dibala (Bove, 88), Abraham (Belotti, 61), ash-Shaaravi (Spinatssola, 60).

“Real Sosyedad”: Remiro, Gorosabel (Sola, 83), Le Norman, Subeldiya, Riko, Silva (Turriyentes, 83), Ilyarramendi (Mendes, 75), Merino, Subimendi, Kubo (Cho, 75), Syorlot (Oyarsabal, 67).

Ogohlantirishlar: Ilyarramendi (69), Subeldiya (71), Gorosabel (80), Subimendi (85), Oyarsabal (90), Matich (90).

“Union” (Germaniya) – “Yunion” (Belgiya) 3:3

Gollar: 0:1 – 28 Bonifase, 1:1 – 42 Yuranovich, 1:2 – 58 Vertessen, 2:2 – 69 Knoxe, 2:3 – 72 Bonifase, 3:3 – 89 Mixel.

“Bayer” (Germaniya) – “Ferensvarosh” (Vengriya) 2:0

Gollar: 1:0 – 9 Demirbay, 2:0 – 86 Tapsoba.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar