Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkita o‘yindan buyon samarali harakat amalga oshira olmayapti.
"An-Nassr" Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Ittihod"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ronaldu ushbu bahsda gol ham assist ham qayd eta olmadi. Portugaliyalik forvard 3 mart kungi "Al-Batin"ga qarshi o‘yinda ham maydonni golsiz tark etgandi.
Ronaldu Saudiya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan. "An-Nassr" esa ligada sentyabr oyidan buyon ilk bor mag‘lub bo‘ldi. O‘shanda jamoa 2-turda "At-Taavun"ga yengilgan edi.
Ma’lumot uchun, riyodliklar ushbu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Peshqadam "Al-Ittihod"dan jamoa 1 ochko ortda bormoqda.
"Al Ittihod" — "Al Nassr" 1:0
Gol: 1:0 – 80 Romarino.
"Al Ittihod": Groe, Al-Olayyan, Xegazi, Sharaxili, Bamasud (Al Hawsawi, 69), Koronado, Bruno Enrike, Xamed, Romarino (Kamara, 88), Amdalla, Al-Bishi (Al-Obod, 60).
"Al Nassr": Al-Akidi, Al-Ganam, Alvaro Gonsales, Madu, Al-Amri (Bushal, 83), Konan, Luis Gustavo (Al-Xaybari, 46), Al-Sulayxim (Al-Xassan, 76), Maran (Al-Nadji, 59), Ronaldu, Garib (Masharipov, 76).
Ogohlantirishlar: Bamasud (68), Konan (84).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring