Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanidan mehmonlar ustozi Maksim Shatskix ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ko‘p gapirmayman. "Neftchi"ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman! Biz bugun Farg‘onada yengildik. Yana bir bor raqibni muborakbod etaman. Oldinga qadam tashlashda davom etishimiz kerak. Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislar zo‘r atmosferani hosil qilishdi. Ular bugungi g‘alabaga munosib edi", - dedi mutaxassis.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar