Mahmud Mahamadjonov: "Hali hech nimani bajarganimiz yo‘q! Men uchun eng minimumi - chempionlik"
U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin O‘zbekiston termasi himoyachisi Mahmud Mahamadjonov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Juda qiyin jarayonli o‘yin bo‘ldi. Jamoadagi barcha yigitlarga rahmat, so‘nggi soniyalargacha borini berib harakat qilishdi. Xarakter ko‘rsatdik va g‘alabaga erishdik. Ollohga ming qatla shukur.
- Avstraliyaning kuchiga qarab shunday extiyotkor taktika tanlandimi?
- Bu termani o‘rganib chiqqandik. Ularning o‘yin uslubiga yuz foiz tayyor edik, standartlari-yu, taktik o‘yiniga ham. Shu sababli yigitlar bir reja ostida o‘ynay olishdi.
- Navbatdagi bosqichda qaysi terma tushishini istaysiz?
- Raqibning ahamiyati yo‘q. Maqsad - chempionlik!
- Asosiysi, jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. Endigi asosiy maqsad chempionlikmi?
- Hali hech nimani bajarganimiz yo‘q! Asosiysi oldinda. Men uchun eng minimumi - chempionlik.
- Qo‘shimcha bo‘limlarda yigitlar charchab qolishdi.
- Biz vatan uchun o‘ynadik. Charchagan bo‘lsa-da, taslim bo‘lmadi. Vatan uchun oxirgi laxzagacha, so‘nggi nafasgacha o‘ynashga tayyormiz.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring