22:37 / 12.03.2023
216

Ro‘ziqul Berdiyev: "Qarshiga kelgan raqiblar himoyaviy o‘yin tashkil etishayapti"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Qarshiga kelgan raqiblar himoyaviy o‘yin tashkil etishayapti"

Coca-Cola Superligasining 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Turon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Ko‘rib turibsizlar, Qarshiga kelgan raqib himoyadan o‘yin tashkil etayapti. Ikkinchi bo‘limda tezlikni yanada oshirdik. Har doim shunday o‘ynashga harakat qilayapmiz, lekin ba’zi holatlar g‘alaba qozonishimizga to‘sqinlik qilayapti. Raqiblar tempni tushirishga, vaqt cho‘zishga urinishayapti. Asosiysi g‘alaba, bu bizga zarur edi. G‘alaba bilan muxlislarni va jamoa vakillarini tabriklaymiz.

- Javohir Sidiqov yaxshi harakat qildi. Uning almashtirilishiga sabab nima bo‘ldi?

- Javohir katta hajmdagi ishni bajardi. Bugun ham penaltini o‘z zimmasiga oldi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilayapmiz. O‘yin oxirida uzun uzatmalar uslubiga o‘tdik, shu bois uni zahiraga oldik.

- Bahrom Abdurahimov qaydnomaga kiritilmadi. Unda jarohat bormi?

- Bahrom to‘liq tiklanib ulgurgani yo‘q. Kechagi mashg‘ulotda uning tiklanmagani ko‘rindi. Bizda jarohatlar bor, shuningdek yetakchi o‘yinchilarimiz jamoani tark etdi. Shuningdek, Marko hozir yordam bera olmaydi, shuningdek yana bir legioner Lima ham. Standart vaziyatlarda bu sezilib qolayapti. Bahrom bilan Lima ertaroq safga qo‘shilishadi. Marko 1-2 oy atrofida safga qaytishi qiyin, u jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.

- Muhammadjon Rahimov o‘yinga to‘liq qo‘shilib keta olmaganiga sabab nimada deb o‘ylaysiz?

- U Tojikiston chempionatidan bizga kelib qo‘shildi. Unga ozgina vaqt kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Qarshiga kelgan raqiblar himoyaviy o‘yin tashkil etishayapti"