13:43 / 18.03.2023
339

Sanjar Quvvatov: "Penalti belgilangan har ikki vaziyat kulguli"

Sanjar Quvvatov: "Penalti belgilangan har ikki vaziyat kulguli"

Superliga uchinchi turining markaziy bahsi "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng (2:1) "sherlar" darvozaboni Sanjar Quvvatov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Mavsumni ketma-ket mag‘lubiyatlar bilan boshlagan "Paxtakor", so‘nggi yillardagi eng azaliy raqibiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rgandi?

- Bugungi uchrashuvda yo‘qotadigan narsamiz yo‘q edi, faqatgina maydonga chiqib g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa ko‘p tanqid qilindi va har bir futbolchi ichidan nimalar o‘tganini o‘zi biladi. Bugun barcha bor kuchini ishga soldi va shu sabab bugun g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman.

- Bugungi uchrashuvni jamoa qanday o‘tkazdi?

- O‘yinni juda zo‘r o‘tkazdik deb o‘ylayman, chunki har bir pozitsiyadagi futbolchi bor kuchini ishga soldi va shu sabab bugun biz g‘olib bo‘ldik.

- Bugun siz qo‘riqlagan darvozaga ikki marotaba penalti belgilandi. O‘sha vaziyatlarda 11 metrlik jarima zarbasini belgilashga asos bor edimi?

-  (kuladi) Kulguli holat to‘g‘risi, ikkala penalti belgilangan vaziyatlar kulguli.

- O‘yin oxirida 11 metrlik zarbani bartaraf etdingiz va jamoangiz g‘alabasini saqlab qoldingiz. O‘yinda ikkinchi marotaba penalti belgilangan vaziyatda, penaltini qaytarishingizni avvaldan sezganmidingiz?

- Yo‘q, penaltini zarbasini aniq qaytarishini hech kim his qilmaydi. Men yigitlarning yuziga qaradim va ularning yuzida hamma narsa sezilib turgan edi. Men nima uchun penalti belgilanganini bilmayman. Bu hakam qarori edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Quvvatov: "Penalti belgilangan har ikki vaziyat kulguli"