date
views 334

Ulug‘bek Azimov - muaytay bo‘yicha jahon chempioni!

Ulug‘bek Azimov - muaytay bo‘yicha jahon chempioni!

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida muaytay bo‘yicha 18-jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etayapti.

Quvonarlisi, terma jamoamiz a’zolari bir qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib, o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashmoqda, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan janglarda 86 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz, Muhammadqodir Sobirov shogirdi Ulug‘bek Azimov hindistonlik Likitxi Krishnamurtini ishonchli tarzda mag‘lub etib, jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Azimov - muaytay bo‘yicha jahon chempioni!