date
views 517

Osiyo chempionlariga qanday avtomobillar sovg‘a qilinishi ma’lum bo‘ldi

Osiyo chempionlariga qanday avtomobillar sovg‘a qilinishi ma’lum bo‘ldi
Bugun, 20 mart kuni «Bunyodkor» stadioniga «Gentra Lacetti» rusumli yangi avtomashinalar keltirilgan. Avtomobillar Prezident sovg‘asi sifatida Osiyo chempionlariga topshirilishi kutilmoqda.
 
Tadbir bugun, 20 mart dushanba kuni «Bunyodkor» o‘yingohida rasmiylar, OAV va muxlislar ishtirokida o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi Osiyo kubogi U20 finalida Iroq yoshlar jamoasini mag‘lub (1:0) etib, qit’a chempioniga aylandi. JCH-2023ga yo‘llanma olgan yoshlar jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun finalga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh sovrinni topshirgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionlariga qanday avtomobillar sovg‘a qilinishi ma’lum bo‘ldi
-->