Pro liga 2-turi doirasida Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Yunired» (1:0) o‘yinidan keyin Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Samarqand derbisi ham derbilarga mos va xos o‘tdi. O‘yin kutganimizdan og‘irroq kechdi. Raqibimiz munosib jamoaligini ko‘rsatdi, ular maydonda jang qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Muxlislar jangovar bahs guvohiga aylanishdi. Yigitlardan minnatdoraman, qiyin bahsda g‘alaba qozondik.
Bugungi o‘yinimiz menga yoqmadi. Birinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatgandek bo‘ldik, ikkinchi bo‘limda esa esa o‘yinning borishini ular belgilashdi.
O‘yin bu qadar asabiy va jangovar o‘tishiga «Yunired»dagi yigitlarning aksariyati «Dinamo» tarbiyalanuvchisi yoki sobiq a’zosi bo‘lgani ham ta’sir qildi. Bunday paytda istalgan o‘yinchi o‘zini ayamaydi. Futbolchi sobiq klubiga qarshi ikki hissa kuch bilan o‘ynashi tabiiy holat. O‘yinda qo‘polliklar ko‘p bo‘lgani bu bahs derbi ekani bilan bog‘liq. Bunday bahslar derbiga xos.
Legionerlar? Menimcha, ular tobora moslashib bormoqda. Hozircha taklif etilgan xorijlik o‘yinchilarga hech qanday e’tiroz yo‘q. Hali bor yo‘g‘i 2 tur o‘tdi va bu qandaydir xulosalar uchun yetarli emas. Jamoa o‘yindan-o‘yinga kuchayib boradi.
Superliga yo‘llanmasi uchun kurash asosan «Lokomotiv», «Dinamo» va «Qo‘qon-1912» o‘rtasida o‘tadimi? «Lokomotiv» bosh murabbiy intervyu bergani va ular allaqachon o‘sha yerda (Superligada – mual.) ekani haqida gapirganini menga aytishdi. Demak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yana bir yo‘llanma uchun biz, «Qo‘qon-1912» va boshqalar kurashamiz. Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, hali yo‘llanma masalasida gapirishga erta», - deydi Vadim Abramov o‘yindan keyin.
“Dinamo” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin