06:30 / 25.03.2023
301

Aleksandr Mostovoy: “Iroqda futbol bormi?!”

Aleksandr Mostovoy: “Iroqda futbol bormi?!”
Taniqli sobiq rossiyalik futbolchi – Aleksandr Mostovoy Eron bilan durangdan so‘ng, mamlakat terma jamoasi haqida keskin fikrlar bildirdi.
 
Maydonda hech kimni alohida e’tirof etishning imkoni yo‘q. Birgina penalti ishlagan yigit ilk 20 daqiqada faol bo‘ldi. Aynan uning sharofati bilan 11 metrlik nuqtadan zarba yo‘llash huquqini qo‘lga kiritdik. Bu epizodni hisobga olmasa, boshqa vaziyatlarda u umuman ko‘rinmadi. Xuddi boshqa jamoadoshlari singari.
 
Karpinning faoliyati haqida so‘z borar ekan, xulosa qilishni ayni payti. To‘g‘ri, saralashda ishtirok etmadik, ammo 3 ta o‘rtoqlik o‘yiniga qarab baho berish mumkin. Agar razm solsak, biz 3 o‘yinda ham bittadan gol urdik. Vaholanki, bu o‘yinlarda ortiqcha muammosiz yengishimiz kerak edi.
 
Mana endi Iroq bilan to‘qnash kelamiz. To‘g‘risi, Iroqda futbol bor ekanligini eshitib, shok holatiga tushib qoldim. Ular bilan qanday futbol o‘ynashimiz juda qiziq. Kamida 3:0 hisobda yutishimiz shart.” -,dedi sobiq futbolchi.
 
Eslatib o‘tamiz, “Ozodi”da o‘tgan Eron va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Mostovoy: “Iroqda futbol bormi?!”