22:43 / 26.03.2023
1 536

“Roma”dagi jamoadoshlarim men bilan hatto so‘rashmay qo‘ydi!

“Roma”dagi jamoadoshlarim men bilan hatto so‘rashmay qo‘ydi!
Roma”ning eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblangan Nikolo Dzanolo yanvarda Eldor Shomurodov kabi Rimni tark etishga majbur bo‘ldi. Legionerimiz Italiyada qolgan bo‘lsa, Dzanolo Turkiyaga yo‘l oldi.
 
Rim hujumchilarining o‘rtasidagi yana bir farq shundan iboratki, “Roma” mutasaddilari Eldor Shomurodov “Spetsiya”ga vaqtinchalik jo‘natdi va mavsum yakunlanganidan keyin o‘zbek hujumchisi yana poytaxtga qaytadi.
 
Nikolo Dzanolo esa, turli kelishmovchiliklar ortidan arzon bahoga to‘liq sotib yuborildi. Turklar o‘z vaqtida 55 million yevroga baholangan hujumkor futbolchini atigi 15 million yevroga qo‘lga kiritib, 2027 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi.
 
Vaziyatning o‘zgarib ketishiga ko‘p jihatdan 23 yoshli futbolchining klubdan ketish ilinjida jamoa uchun o‘ynashdan bosh tortgani, keyinchalik esa, klub kelishib qo‘ygan pallada Angliya chempionatiga yo‘l olishni rad etgani sabab bo‘ldi.
 
Futbolchi faoliyatidagi kutilmagan burilishlar uning Italiya terma jamoasidagi mavqeiga ham ta’sir qildi.
 
“Galatasaroy” vakili sifatida  Nikolo Dzanolo “Roma”dagi faoliyatini esga olib, jurnalistlarga o‘z fikrlarini bildirdi.
 
Terma jamoa haqida
 
Faoliyatimni uch oyga to‘xtatib qo‘yishdi va terma jamoaga kirish uchun endi ko‘proq ishlashim kerak. Men terma jamoadagi yordamchi murabbiy Salsano bilan gaplashdim. U menga xotirjam bo‘lishimni va meni kuzatib borishayotganini, qachonki avvalgi formamni tiklasam, chaqiruv avtomatik tarzda kelishini aytdi.
 
Men Millatlar ligasi finalida o‘ynashni istayman. Terma jamoam haqida ko‘p qayg‘uraman, Italiya sharafini himoya qilishdan ustun narsaning o‘zi yo‘q.
 
“Roma” haqida
 
Men klub tomonidan bajarilmagan va’dalar haqida soatlab gapirishim mumkin. Fanatlari meni xoinga chiqarishdi. Aslida menda “Bornmut” va “Galatasaroy”dan boshqa takliflar ham bor edi. Angliyani tanlamaganim uchun meni haydashdi, muxlislar esa bor aybni menga to‘nkadi. Aynan mana shu narsadan eng ko‘p afsuslanaman. Chunki “Roma”da g‘olib bo‘ldim, terma jamoaga taklif olib, debyutimni nishonladim, poytaxtda o‘g‘lim tug‘ildi.
 
O‘sha vaziyatga tushish men uchun katta zarba bo‘ldi. Sobiq jamoadoshlarimning deyarli barchasidan hafsalam pir bo‘ldi. Ismlarni aytmayman, lekin avval ular biz aka-ukamiz, deb turib, keyinchalik so‘rashishga ham yaramadi.
 
Mourino haqida
 
Joze Mourino ajoyib inson va zo‘r murabbiy. Har doim meni o‘ynashga majburlardi. U yulduz futbolchilarni boshqarishga o‘rganib qolgan, men esa bunga ko‘nikmaganman. To‘rt-besh yildan keyin birga ishlasak yaxshi bo‘lardi. Shunga qaramay, u menga juda ko‘p narsa berdi.
 
A Seriyaga qaytish haqida
 
Hech kim oldinda o‘zini nimalar kutayotganini bilmaydi. Men keyingi besh yilni Turkiyada o‘tkazaman, deb kafolat berolmayman. Hozircha shu yerda ekanman imkoniyatlarimni maksimal darajada ko‘rsatishga harakat qilaman.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport