
UFC yarim o‘rta vazn toifasi vakili Xorxe Masvidal Shavkat Rahmonov hamda Hamzat Chimayev o‘rtasidagi ehtimoliy jang borasida o‘zi taxminini bildirdi.
"Menimcha, Shavkat Rahmonov Chimayevni sindiradi. Chimayevning shov-shuvlariga ishonmayman.U o‘z vazn toifasi uchun katta va yaxshi jang qiladi. Lekin u xuddi shunday kurashchi va kuchli zarbaga ega bo‘lgan jangchi bilan to‘qnash kelsa bilmadim. Men Shavkat tomondaman. Agar, Chimayev g‘alaba qozonsa mening noto‘g‘ri fikrdaligimni isbotlagan bo‘ladi", - dedi Masvidal.
Ma’lumot uchun, Masvidal 8 aprel kuni "UFC 287" turniri doirasida Gilbert Byornsga qarshi jang qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar