
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta so‘nggida Antonio Konte "Tottenxem" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi.
Ta’kidlash kerakki, italiyalik mutaxassis oxirgi oylarda natijalar borasidagi vaziyatni yaxshilashga harakat qildi va bu borada noodatiy usullarga ham murojaat qildi. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, Konte hatto futbolchilar o‘zaro salbiy natijalarni muhokama qilishi uchun ularni kiyinish xonasiga qamab qo‘ygan. Shundan so‘ng futbolchilar murabbiydan nisbatan hujumkor o‘yin uslubini qo‘llashni so‘rashgan.
Aytish lozimki, Kontening bu usuli ish berdi - "Tottenxem" barcha musobaqalarda ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay vaziyat yana yomonlashdi.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" ayni damda Angliya Premer-ligasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Antonio KonteTottenxemBosh MurabbiyItaliyadaFutbolchilarO'yin Usuli O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar