Coca Cola Superliga 4-turi doirasida OKMK bilan o‘ynalgan durangdan keyin "Neftchi" jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirdi.
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkita yaxshi darajadagi jamoalar to‘qnash keldi. Bizga gol urilgan vaqtda biroz e’tibor va konsentratsiya yetishmadi. Dastlabki gol urilgan vaziyatda raqiblar bu tariqa standartdan foydalanishini kutmagandik. Yana biroz diqqatni yo‘qotib, ikkinchi golni ham qabul qilib oldik. Bu vaziyatdan chiqib ketish juda qiyin bo‘ldi. Turnir jadvalida yetakchi bo‘lib turgandik. Bunday paytda raqiblar ikki karra yuqori kayfiyatda, o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatish uchun o‘ynaydi. Yigitlardan mamnunman, ular xarakter ko‘rsata olishdi. O‘z navbatida bizni qo‘llab-quvvatlab hujumga undagani uchun muxlislarga ham rahmat aytaman. Menimcha 2:2 hisobidagi durang adolatli natija bo‘ldi.
- Bugun "Neftchi"ga "Paxtakor" yoki "Metallurg" bilan o‘yindagi shijoat yetishmadi.
- Sir emas hozir ramazon oyi. Yigitlarning organizmida yangilanish jarayoni bo‘lmoqda. Balki shu sababdan ham ulardan ko‘p narsani talab qilib bo‘lmayapti. Shu sababli ularda o‘sha o‘yinlardagichalik katta kuch va ishtiyoq yo‘q deb o‘ylayman.
- Hisob tenglashganidan keyin Akbar To‘rayev vaqtni cho‘zishga harakat qildi.
- Yo‘q. Biz o‘z maydonimizda o‘ynadik, muxlislarimizga g‘alabani tortiq qilmoqchi bo‘ldik. Sizga shunday ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Butsalar bir-biriga to‘qnashgandan keyin u jamoadoshining o‘ziga kelib olishi uchun biroz to‘pni ushlab turgandir. Vaqt cho‘zdi degan fikrga qo‘shilmayman. Chunki biz g‘alaba qozonishni istadik.
- "Neftchi" bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- O‘yindan kelib chiqsak, biz bir ochko oldik. O‘yin qiyin o‘tdi. Bir ochkodan xursandmiz.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi