Premer-liga 29-turining markaziy o‘yini "Manchester Siti" - "Liveprul" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs "shaharliklar"ning yirik 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab Saloh 17-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Alvares imkoniyatlarni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida De Bryune jamoasini oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda Gundogan va Grilish o‘z nomiga bittadan gol yozdirib, hisobni yirik ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Manchester Siti" 64 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Liverpul" esa 6-pog‘onadan joy olgan.
Manchester Siti – Liverpul 4:1
Gollar: 0:1 – 17 Saloh, 1:1 – 27 Alvares, 2:1 – 46 de Bryuyne, 3:1 – 53 Gyundogan, 4:1 – 74 Grilish.
Manchester Siti – Ederson, Ake, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gyundogan, de Bryuyne, Grilish (Palmer), Rodri (Bernardu Silva, 83), Marez, Alvares.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson (Simikas, 70), Henderson, Fabino, Elliott (Oksleyd-Chemberlen, 70), Saloh (Nunes, 70), Diogu Jota (Firmino, 70), Gakpo (Milner, 82).
Ogohlantirishlar: Saloh (19), Rodri (33).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi