
"Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: Bugungi bahsda raqibda bitta vaziyat bo‘ldi, bizda esa ko‘proq. Bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Ikki ochko yo‘qotdik. O‘yin nazorati biz tomonda edi va natija alamli bo‘ldi. Ko‘pincha terma jamoalar yig‘inidan so‘ng jamoamiz o‘yinida pasayish kuzatiladi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Kenjaboyev uch futbolchimizdan qochib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu albatta himoyachilarimizning qo‘pol xatosi hisoblanadi.
- "Nasaf" hisobda ortda qolayotganida Husniddin Aliqulov hujumga o‘tdi. Uni hujumda sinash haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
- Bu bizning zahira variant hisoblanadi. Aliqulov hujumda yaxshi harakat qiladi. Tavakkal qilib, Husniddinni hujumga chiqaramiz va ko‘pincha g‘oyamiz o‘zini oqlayapti. Uni hujumda sinash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki Aliqulov terma jamoada ham himoyachi rolini bajaradi.
Ro‘ziqul BerdiyevQizilqum NasafTerma JamoaHujumda SinashO‘yin NazoratiG‘alaba Uchun O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar