Italiya chempionatining 28-tur uchrashuvi Eldor Shomurodov uchun omadli keldi. La Spetsiya shahridagi “Alberto Pikko” stadionida “Spetsiya” futbolchilari musobaqa jadvalida o‘zlaridan bir pog‘onada yuqorida turgan “Salernitana” jamoasini qabul qildi.
Har ikki jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgani bois natija uchun o‘ynadi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mezbonlar himoyalanishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Raqib hujumchisi Kshishtof Pyontikka pas yetib bormasligi uchun to‘pni tepib yuborishga uringan Mattia Kaldara kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
“Spetsiya” futbolchilari o‘z muxlislari qo‘llab-quvvatlashi ostida vaziyatni o‘nglash uchun anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Salernitana” himoyachisi xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni to‘xtata olmadi. Bu vaziyatni to‘g‘ri baholagan Eldor Shomurodov darvoza tomon hujum uyushtirdi va mashhur darvozabon Gilermo Ochao ustidan to‘pni oshirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi bo‘ldi.
Qolgan daqiqalarda “Spetsiya” vakillarida g‘alabani qo‘lga kiritish uchun bir necha qulay vaziyat yuzaga kelgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmay qoldi – 1:1.
Curva Ferrovia internet tarmog‘i jurnalistlari uchrashuvdan so‘ng o‘yin qahramoni Eldor Shomurodovdan flesh-intervyu oldi.
- Birinchi golimni urganimdan juda xursandman. Anchadan beri quruq seriya davom etayotgani bois, buni juda xohlagandim. Men kiritgan to‘p jamoamning ijobiy natija qayd etishiga xizmat qilganidan mamnunman.
To‘p kiritmaganimga bir yil bo‘lgandi, lekin har doim gol urishga intilib kelganman. Hech qachon harakatdan to‘xtamadim, o‘z ishimni har doim yaxshiroq bajarishga urinaman. Mana bugun darvoza to‘rini ishg‘ol qilishni uddaladim.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida o‘zimiz istagandek o‘yin namoyish qila olmadik. “Salernitana”ga maydonni berib qo‘ydik. Lekin bellashuvning ikkinchi yarmida boshqacha ishtiyoq bilan maydonga tushdik. O‘zimizga ishonchimiz ortgan holda, bosim va tezkorlikni oshirdik. G‘alabaga loyiq edik, lekin ozgina yetmadi.
Muxlislarimiz o‘yin avvalidan bizni qo‘llab-quvvatlab turdi va ularning xafsalasini pir qila olmasdik. Biz yuqori diviziondagi joyimizni saqlab qolishga ishonamiz va buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solyapmiz, - dedi Eldor Shomurodov.
“Spetsiya” navbatdagi durang natijadan keyin musobaqa jadvalida hamon 17-pog‘onani egallab turibdi. Biroq, eng yaqin ta’qibchi – “Verona” bu turda mag‘lubiyatga uchragani tufayli oradan farq olti ochkoga yetdi.
29-turda Leonarda Semplichi shogirdlarini juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. 8 aprelga belgilangan to‘qnashuvda “Spetsiya” Yevropa kuboklari yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi.
"Fiorentina" va "Spetsiya" o‘rtasidagi bo‘lajak bahs Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi