08:50 / 05.04.2023
211

Britaniyalik bokschilar Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi

Britaniyalik bokschilar Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi
Foto: Getty Images
Britaniyalik bokschilar erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi, deb xabar berdi Britaniya boks federatsiyasi. Bunga 5 oktyabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan rossiyalik va belaruslik bokschilarni musobaqada milliy ramzlar – bayroq va madhiya ostida qatnashishiga ruxsat berilgani sabab bo‘lgan. Chempionat 2023 yilning 30 aprelidan 14 mayiga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
 
«GB Boxing Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralaydi va Ukraina xalqi, bokschilari, murabbiylari va rasmiylari bilan birdam», deyiladi bayonotda.
 
Avvalroq boks bo‘yicha AQSH, Kanada, Chexiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya milliy jamoalari ham aynan shu sababli Toshkent turnirini boykot qilgan edi. Shundan so‘ng, IBA ushbu federatsiyalar rahbarlariga qarshi intizomiy ish ochdi.
 
Keyinchalik, O‘zbekiston boks federatsiyasi «O‘zbekiston xalqaro sport normalariga rioya qiluvchi davlat bo‘lib, sport siyosatdan xoli tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi» deb bayonot bergan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Britaniyalik bokschilar Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi