"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov finalda, Vohidov esa o‘z ishtirokini yakunladi

"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov finalda, Vohidov esa o‘z ishtirokini yakunladi
"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov finalda, Vohidov esa o‘z ishtirokini yakunladi
Har yili jahon shaxmat olamidagi eng nufuzli onlayn seriya - "Champions Chess Tour"  doirasida turli onlayn musobaqalar yil davomida o‘tkazilib kelinadi.
 
Hozirda ushbu tur doirasida "Chessable Masters" turniri 3 ta divizionda bo‘lib o‘tmoqda.
 
2-divizionda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov yarim finalda rossiyalik Denis Lazaikni 3:2 hisobida mag‘lub etib finalga yo‘l oldi. Bugun o‘tkaziladigan final bahsida unga fransiyalik Maksime Vashiyer raqiblik qiladi.
 
3-divizonda ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov yarim finalda  eronlik Amin Tabatabaeiga, o‘tish bosqichida esa rossiyalik Aleksey Saranaga imkoniyatni boy berdi va musobaqani yakunladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar