
Niderlandiya kubogi yarim finali doirasida “Feyenoord” va “Ayaks” o‘rtasidagi bahsda kutilmagan mojaro kelib chiqdi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida mehmonlar 2:1 hisobida ustunlik qilayotgan edi. Tribunadagi muxlislardan biri otgan buyum amsterdamliklarning taniqli yarim himoyachisi Davi Klassenning boshini yordi.

Aslida o‘sha payt maydon chetida ikki jamoa sardorlari – Dushan Tadich va Orkung Ko‘kchu o‘zaro tortishib qoldi. Ikkisi mushtlashib ketishiga oz qoldi. Davi Klassen to‘planib olgan o‘yinchilar guruhidan chetroqda vaziyatni kuzatib turgan pallada boshidan zarba yedi.
Bu voqeadan keyin ziddiyat yanada kuchaydi. “Ayaks” bosh murabbiy Jon Xeytinga futbolchilarini olib chiqib ketish uchun maydonga kirib keldi.
Keyinroq o‘yin davom ettirildi va hisob o‘zgarmay qoldi.
Mutasaddilar videolar orqali maydonga narsa uloqtirgan fanatni darrov topishdi. Hozir uning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Niderlandiya KubogiFeyenoord AyaksDavi KlassenJon XeytingFutbolchilar OlibMuzokara Jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar