Foto: Getty Images
O‘zbekistonda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun 104 davlat vakillari ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) xabar berdi.
13 ta vazn toifasida jami 640 nafar sportchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish 14 aprelga qadar uzaytirildi.
Turnirning sovrin jamg‘armasi ikki barobarga ko‘payadi - 5,2 million AQSH dollari. G‘oliblarning har biri 200 ming dollar, kumush medal sohiblari 100 ming va bronza medali sohiblari 50 ming dollar oladi.
Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi, final bahslari 14 mayga belgilangan.
Musobaqada rossiyalik va belaruslik bokschilar o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etadi. Shu tufayli, bir qator mamlakatlar federatsiyalari jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi