Alisher Uzoqov Evro 2016 o‘yinlarini sharhlaydi


Aktyor, futbolchi, umuman san’atning turli sohalarida o‘zini sinashga ulgurgan Alisher Uzoqov UzReport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadigan Evro 2016 o‘yinlarini sharhlaydi, deyiladi "Kun" nashrida.
Alisher Uzoqov tomonidan sharhlanadigan har bir o‘yin namoyishi o‘zgacha o‘tishi kutilmoqda. Demak, azizlar sevimli terma jamoangiz ishtirokidagi o‘yinni aktyor va futbolchi Alisher Uzoqov sharhlovi ostida tomosha qilish imkoniga egasiz. Eslatib o‘tamiz, Alsher Uzoqov «Arsenál» futbol klubining ishqibozi.
Evro 2016 o‘yinlari 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Mazkur Yevropa chempionati, UEFA tomonidan Yevropa mamlakatlari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan asosiy futbol musobaqasi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, UzReport TV telekanali Evro 2016 o‘yinlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida translyatsiya qilish bo‘yicha litsenzion huquqning yagona egasidir.































Izohlar 0
…