
Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston poytaxtida rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Din Lijen o‘rtasidagi jahon chempioni unvoni uchun bahs boshlandi.
Sovrin jamg‘armasi 2 million yevro bo‘lib, uning 60 foizi g‘olibga, 40 foizi esa mag‘lubga beriladi.
O‘tgan yilning iyul oyida Nepomnyashchiy nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon toji uchun bahsda kurashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Uning raqibi amaldagi chempion norvegiyalik Magnus Karlsen bo‘lishi kerak edi, ammo u navbatdagi chempionlik himoyasida qatnashmaslikka qaror qildi. Natijada, uning o‘rnini nomzodlar turnirida ikkinchi bo‘lgan Lijen egalladi.
Turnir 30 aprelga qadar davom etadi.
Qozog‘istonJahon ChempioniRossiyalik ShaxmatchiXitoylik RaqibSovrin Jamg‘armasiTurnir Davomi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar