
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Surxon” (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mavsumdagi eng og‘ir o‘yinimizni o‘tkazdik. Uchinchi bellashuvdir-ki, raqibga imkoniyat qoldiryapmiz. Bunday bo‘lishi kerak emas. Muhimi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
“Surxon” bugun uzun paslar yordamida Nimelini to‘p bilan ta’minlashga harakat qildi. Jamoa oldingi uchrashuvlarda bunday harakat qilmagan edi. Himoyachilar liberiyalik hujumchini o‘tkazib yuborishdi, shunday bo‘lsa-da, asosiysi g‘alaba qozondik”, – dedi Berdiyev.
O‘zPFL matbuot xizmati
O‘zbekiston SuperligasiRo‘ziqul BerdiyevNasaf SurxonUchinchi BellashuvG‘alaba QozondikHimoyachilar Hujumchini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar