Coca Cola Superliga 6-turi doirasida "Paxtakor" maydonidagi mag‘lubiyatdan so‘ng "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirdi.
- "Paxtakor" adolatli g‘alabaga erishdi, raqiblar deyarli to‘liq o‘yin davomida bir kishi kam bo‘lib sifatli o‘ynadi. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, o‘yinni qayta qurishni istadik. Birinchi bo‘limda harakat qildik. Balki, tanaffusdan keyin tizimni o‘zgartirishda kechikkandirmiz. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham raqibdan bir kishi ko‘p bo‘lib yaxshi o‘yin ko‘rsatish shart edi. Ushbu mag‘lubiyatdagi bor aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Futbolchilar nimadir yaratishga harakat qilishdi. Vaqtida gol ura olmadik. Himoyadagi o‘yinimiz menga ma’qul kelmadi. Bu borada ishlash va kamroq gol o‘tkazib yuborishni o‘ylash kerak. Shuningdek, o‘yinlarga bor kuchni tashlashni o‘rganish lozim.
- Jamoa Sizning qo‘l ostingidagi endi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. Biroq 87 daqiqa mobaynida raqibidan bir kishi ko‘p bo‘lib ham tuzukroq vaziyatlar yarata olmadi. Muammo nimada?
- Birinchi bo‘limda gol urishimiz uchun yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. O‘zingiz ham yana bir bor birinchi bo‘limni tomosha qilib ko‘ring. Buni boshqacharoq gapirish kerak. Ikkinchi bo‘limda bizda vaziyat bo‘lmadi. O‘z navbatida raqiblarda ham yaqqol vaziyatlar bo‘lgani yo‘q. Yigitlardan qarshi hujumga o‘tishdagi bog‘lovchi fazalarda ishonchli o‘ynashni talab qilgandim. Balki shu sababdan hujumga o‘tishga qiynalgandirmiz. Agarda birinchi bo‘limda gol urib olganimizda, o‘yinning ikkinchi taymi umuman boshqacha o‘tgan bo‘lardi. O‘sha vaziyatni esa maxsus komissiya ko‘rib chiqadi.
- Hakamlikdan mamnunmisiz?
- Ular doimo haq bo‘lishi kerak, to‘g‘rimi? Keyinchalik qarorni komissiya chiqaradi. Biz ham komissiyani kutamiz. Balki hozir obektiv fikr berolmasligim mumkin. Yordamchilarim o‘sha vaziyat penaltiga yetarli emas deb aytishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi