
O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz a’zosi Shaxriyor Jabborov (11-raqam)da taqiqlangan modda aniqlangan. Uning Avstraliyaga qarshi o‘yindan keyin topshirgan doping testi shunday natija bergan.
Bu haqda OFK tartib intizom va etika qo‘mitasi xabar berdi. Unda aytilishicha, futbolchi rasmiy va o‘rtoqlik doirasidagi har qanday uchrashuvda ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi. Mazkur talab yakuniy qaror chiqqunga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jabborov 60-daqiqada Sherzod Esanov o‘rniga maydonga tushib, Zafarmurod Abdirahmatovning yagona goliga assistentlik qilgandi.
O‘zbekiston U-20Shaxriyor JabborovTaqiqlangan ModdaDoping TestiOFK TartibFutbolchi Huquqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar