21:46 / 17.04.2023
443

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ergashev bizning o‘yinchilarga qiliq ko‘rsatdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Ergashev bizning o‘yinchilarga qiliq ko‘rsatdi"
"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mehmon jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
 
Ro‘ziqul Berdiyev: Qizil kartochkagacha o‘yin bizning nazoratda edi. Yirik hisobda yutishimiz mumkin edi. Chetlatishdan so‘ng hammasi o‘zgardi. Bugun ikki ochko yo‘qotdik. Juda alamli o‘yin bo‘ldi. O‘tgan yili ham hakamlardan ko‘p jabr ko‘rgandik.
 
- O‘yin so‘ngida bo‘lgan hodisalarga nima sabab bo‘ldi?
- Yigitlar aytishi bo‘yicha, chetlatish bo‘lgan vaziyat qizil kartochkaga tortmas edi. VAR bunga aralashishi lozim edi. Yon hakam qizil kartochka ko‘rsatilishi kerakligi haqida bosh hakamga aytibdi. VAR va yon hakam qaror qabul qilsa, bosh hakam nega kerak. Yigitlar aytishicha, shogirdim atayin oyog‘ini qo‘ymoqchi bo‘lmagan.
 
- Ya’ni o‘sha vaziyat shu hodisalarga olib keldi.
- Ha, hissiyotlar to‘lib-toshdi. Yigitlar o‘yindan so‘ng hakam bilan suhbatlashib, sekin maydonni tark etayotgandi. Biz ham bir chetda turgandik. Ergashev bizning o‘yinchilarga qiliq ko‘rsatdi. Bu futbolchiga yarashmasdi. Men oldiga borib, unga dakki berdim. Unda bunday holat birinchisi emasdi. Litsenziyamni olib qo‘yishar emish. Mayli, olaverishsin. Bu qo‘rqinchli emas. Lekin bu holat adolatdan emas.
 
- Birinchi bo‘limda yon hakamga ko‘p e’tiroz bildirdingiz...
- Hakamlik haqida hozir aytdim, albatta, ulardan ko‘nglim to‘lmadi. Ko‘rdinglar, biz har tomonlama oldinda edik. Kartochka bo‘lmaganda osonlikcha g‘alaba qozonardik.
 
Penaltidan yaxshiroq vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Oxirgi o‘yinlarda Abdirahmatov bilan Siddiqov bajarardi. Bugun kim o‘ziga ishonsa, o‘sha bajarishi kerakligini ta’kidlagandim. Sherzod bugun 11 metrli standartni amalga oshiradigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Ergashev bizning o‘yinchilarga qiliq ko‘rsatdi"