21:55 / 17.04.2023
246

"Bunyodkor" ustozi: "Hozir hamma hissiyotga berilgan"

"Bunyodkor" ustozi: "Hozir hamma hissiyotga berilgan"
"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mezbon jamoa ustozi Murod Otajonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
 
- O‘yin haqidagi fikrlaringiz.
- Hammaga rahmat. O‘yinga kelsak, oxirigacha jangovar o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv so‘ngida durangga erishdik. "Nasaf" futbolchilari ancha vaqtdan beri shakllangan. Bir tomondan, shunday o‘yinlar ko‘p bo‘lsa, chempionatimiz saviyasi yuqori bo‘ladi. "Nasaf"ga ham, o‘zimizning yigitlarga ham katta rahmat.
 
- O‘yin oxirida futbolchilarning hissiyotlarga berilib ketishdi, buni qanday izohlaysiz?
- O‘yin so‘ngida bo‘lgan jarayonlarda endi ko‘rib chiqamiz. Hozir hamma hissiyotga berilgan. Biz o‘sha vaziyat sodir bo‘lgan joyda emasdik. Buni ko‘rib chiqamiz. Bir tomonlama xulosa chiqarish noto‘g‘ri. Shu sababli, aniq nimadir deya olmayman.
 
- Hakamlik borasidagi fikrlaringiz.
- Men hakam emasman. Ularning nazoratchilari, komissiyasi bor. Agar futbolchi yoki o‘yin haqida savol bersangiz, bemalol javob beraman. Lekin hakamlar haqida gapirmoqchi emasman.
 
- Tarkibda yosh o‘yinchilar ko‘p. Ularga akalik qilib, murabbiy sifatida saboq bermaganmisiz?
- Jamoaga maslahat beryapmiz. Sizning akangiz maslahat bersa, shu narsani qilasizmi. Yigitlar ham shunaqa. Ularning xarakteri turlicha. Biri mo‘min bo‘lsa, ikkinchisi sho‘x.
 
- Jamoa ikkinchi raqam sifatida ko‘p g‘alabalarga erishgan. Bugun esa gol va chetlatishdan so‘ng birinchi raqamli bo‘lib o‘ynashda qiynaldi. 
- Biz jamoaga qarab moslashamiz. Qachondir birinchi, qachondir ikkinchi raqam sifatida o‘ynaymiz. Foydasi tegmasa, uslubni o‘zgartiramiz. Shu o‘yinda ham taktikani ikkinchi bo‘limda o‘zgartirdik.
 
- Bugun "Bunyodkor" bir ochko qo‘lga kiritdimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi qizil kartochkadan keyin.
- Qizil kartochka meniki emas. Ikki ochko yo‘qotgan bo‘lishimiz ham mumkin, bir ochko olgan bo‘lishimiz ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" ustozi: "Hozir hamma hissiyotga berilgan"