
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino va Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa may oyi boshida Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu tashrif chog‘ida jahon va qit’a futboli rahbarlari Tojikiston futbol federatsiyasi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadi hamda mamlakat futbolini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Janni Infantino va Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa 2 may kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining (CAFA) sakkizinchi Kongressida ishtirok etadi. Ushbu Kongressda tashkilot prezidenti hamda ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti Janni Infantino Tojikistonga ilk bor tashrif buyuradi.
FIFAOsiyo Futbol KonfederatsiyasiJanni InfantinoShayx SalmonTojikistonMarkaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar