
Foto: Getty Images
Las-Vegasdagi (AQSH) T-Mobile arenasida O‘zbekiston vaqti bilan 23 aprel tongida boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasi vakillari Jervonta Devis (29-0, 27 KO) va Rayan Garsiya (23-1, 19 KO) o‘rtasidagi kechdi. Jangning dastlabki raundini bokschilar bir-birini o‘rganishga sarfladi.
Ikkinchi raundni Garsiya faol boshladi va raqibini muvozanatdan chiqarishga urindi, biroq qarshi zarbani o‘tkazib yuborib, nokdaun holatiga tushdi. Keyingi raundlarda Devis faollikni oshirdi, Garsiya ham sezilarli zarbalar o‘tkazishga urindi.
Yettinchi raundda Jervonta raqibining tana qismiga kuchli zarba berdi, natijada Garsiya to‘xtab qoldi va sanoq yakuniga qadar muvozanatni saqlay olmadi va texnik nokaut qayd etildi.
Shu tariqa Devis g‘alabali seriyasini 29 taga yetkazib olgan holda WBA Regular kamariga ega chiqdi. Garsiya esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar