Afsonaviy Musasi kichik Edvards bilan jang qiladi


UFC ning yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Leon Edvardsning ukasi Fabian Edvards (13-2) 12 may kuni Bellator promoushenining navbatdagi turnirida oktagonga ko‘tariladi.
Qiziqarli jihati u MMA olamining tirik afsonalaridan biri niderlandiyalik Gegard Musasiga qarshi jang qiladi. Ma’lumki, Musasi (49-8-2) jahonning eng nufuzli promoushenlarida jang qilgan. Mazkur jang o‘rta vazn (84 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ushbu jang g‘olibi divizion chempioni Jon Eblen bilan jang qiladi.































Izohlar 0
…