Timoti Bredli: "Vasiliy Lomachenkoga past baho bermang!"

Timoti Bredli: "Vasiliy Lomachenkoga past baho bermang!"
Timoti Bredli: "Vasiliy Lomachenkoga past baho bermang!"
Timoti Bredli Devin Xeyniga qarshi jangda Vasiliy Lomachenkoga past baho bermaslik kerakligini aytdi.
 
"Lomachenkoning imkoniyatiga past baho berilmoqda. Tushunish lozimki, Lomachenko yomon jang ko‘rsatsa, u odatda katta kuch bilan qaytadi. Lomachenko Salidoga yutqazgan edi va u qaytdi. Kichik Gari Rassellga imkoniyat qoldirmadi. Keyin Lomachenko Teo Lopes bilan o‘zini ko‘rsata olmadi, biroq u kim bilan qaytdi?
 
Masayoshi Nakatani ustidan hukmronlik qildi. Ortiz bilan o‘rtacha jang ko‘rsatdi. Sizga aytamanki, u Lomachenko uslubida qaytadi. U Xeynini kamchiliklarini topishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, Lomachenko keyingi jangda uning ojiz tomonini topishga harakat qiladi”, - dedi Bredli.
 
Eslatib o‘tamiz, Lomachenko 20 may kuni Devin Xeyniga qarshi yengil vazn toifasining mutloq chempionlik kamarlari uchun jang qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar