00:52 / 30.04.2023
236

Jahon shaxmat toji sohibi tay-breykda aniqlanadi

Jahon shaxmat toji sohibi tay-breykda aniqlanadi
Foto: FIDE
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida jahon shaxmat toji uchun 14 ta partiyadan iborat asosiy bahslar yakunlandi. Rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Din Lijen o‘rtasidagi o‘yinlarda g‘olib aniqlanmadi – 7:7.
 
Endi g‘olib 30 aprel kuni o‘tkaziladigan tay-breykda aniqlanadi.
 
Eslatib o‘tamiz, turnirning sovrin jamg‘armasi 2 million yevro bo‘lib, uning 60 foizi g‘olibga, 40 foizi esa mag‘lubga beriladi.
 
O‘tgan yilning iyul oyida Nepomnyashchiy nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon toji uchun bahsda kurashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Uning raqibi amaldagi chempion norvegiyalik Magnus Karlsen bo‘lishi kerak edi, ammo u navbatdagi chempionlik himoyasida qatnashmaslikka qaror qildi. Natijada, uning o‘rnini nomzodlar turnirida ikkinchi bo‘lgan Lijen egallagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon shaxmat toji sohibi tay-breykda aniqlanadi