19:27 / 30.04.2023
363

Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda

Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda
Joriy yilning 1-14 may kunlari Toshkent shahri boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni paytda mutaxassislar, murabbiylar, charm qo‘lqop ustalari poytaximizdagi musobaqada ishtirok etadigan bokschilarning imkoniyatlarini tahlil qilmoqda.
 
Qozog‘istonlik professional bokschi Marat Mazimbayev bo‘lajak jahon chempionatida o‘ta og‘ir vazn toifasida qatnashadigan hamyurti Qamshibek Kunkabayev va amaldagi jahon chempioni Bahodir Jalolov imkoniyatlariga baho berdi.
 
Eslatib o‘tamiz, Marat Mazimbayev professional boksning IBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, WBO hamda IBF yo‘nalishlarida mintaqalararo chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan mashhur bokschilardan biridir.
- Bahodir Jalolov – amaldagi jahon chempioni. Professional boksda  ham faoliyat olib bormoqda. Unda o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori. Qo‘shimchasiga, o‘z uyida ringga chiqadi.
 
Qamshibek Kunkabayevga juda qiyin bo‘ladi. U g‘alaba qozonish uchun bor kuchini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Adolat nuqtai nazaridan baho bersak, Jalolovning imkoniyatlari yuqoriroq, - dedi Marat Mazimbayev.  
 
Ta’kidlash joizki, bir necha yildan beri qo‘shni mamlakatlarning bu ikki bokschisi o‘zaro raqobatchi hisoblanadi.
 
O‘zaro to‘qnashuvlardagi seriya qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi g‘alabalari bilan boshlangan. Bahodir Qamshibekka ilk bor 2015 yili Bolgariyadagi turnirda yutqazgan. Ikki yildan keyin Kunkabayev o‘z yurtida ketma-ket ikkinchi g‘alabasini nishonladi.
 
Toshkentdagi uchinchi to‘qnashuv 2017 yilga to‘g‘ri keldi va undan ilk bor Bahodirning qo‘li baland keldi. Oradan bir necha oy o‘tib, Kunkabayev Germaniyadagi musobaqada yana zafar quchdi va umumiy hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.
 
Shundan keyingi to‘rtta jangda g‘oliblik faqat Bahodir Jalolovga nasib qildi.  O‘ta og‘ir vaznli bokschimiz 2019 yili dastlab Tailandda, keyin Rossiyadagi jahon chempionatida raqibidan ustun keldi. 2021 yili Dubaydagi turnirda ham hamyurtimizning qo‘li baland keldi.
 
Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev o‘rtasidagi sakkizinchi jang 2023 yilning 23 fevral kuni Bolgariyadagi “Stranja” turnirida o‘tkazilishi kutilgandi. Lekin qozog‘istonlik bokschi ringga chiqishdan bosh tortdi.
 
Shu tariqa, ikki gigant bokschi o‘rtasidagi janglar hisobi 5:3 ko‘rinishida Bahodirning foydasiga hal bo‘ldi.
Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida barcha nufuzli turnirlar g‘olibi hisoblanadi. U amaldagi jahon va Olimpiya o‘yinlari chempioni. Jahon chempionati bronza medal sovrindori. Uch karra Osiyo chempioni bo‘lgan.
 
Qamshibek Kunkabayev esa, Tokio Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatlari ikki marotaba, Osiyo chempionatlarida esa to‘rt marotaba kumush medalga ega chiqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonlik bokschi jahon chempionatida Bahodir Jalolov g‘alabasiga ishonmoqda