13:23 / 01.05.2023
307

Kuba boksi afsonasi: Eng zo‘ri Jalolov, u hali Tayson Fyuri, Usik va Joshua bilan to‘qnashadi!

Kuba boksi afsonasi: Eng zo‘ri Jalolov, u hali Tayson Fyuri, Usik va Joshua bilan to‘qnashadi!
Kuba azaldan boks bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib keladi. Ushbu mamlakatdan juda ko‘p mohir charm qo‘lqop ustalari yetishib chiqqan.
 
Ana shunday afsonaviy bokschilardan biri Xulio Sezar la Krusdir. 33 yoshli bokschi havaskorlar o‘rtasida 283 ta jangdan 260 tasida g‘alaba qozongan. Barcha nufuzli turnirlar shohsupasiga ko‘tarilgan.
 
Xususan, Xulio Sezar la Krus ikki marotaba Olimpiya o‘yinlari, besh marotaba jahon chempioni bo‘lgan. Qit’a miqyosidagi musobaqalarda oltita oltin medalga ega chiqqan. Bu bokschi katta musobaqalarda biror marotaba finalda yutqazmagan.
 
O‘tgan yili professional boksdagi faoliyatini boshlagan kubalik bokschi ketma-ket ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratdi.
Xulio Sezar la Krus Toshkentda boshlanayotgan jahon chempionati arafasida o‘ta og‘ir vazn toifasida amaldagi Olimpiya chempioni bo‘lgan Bahodir Jalolov haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
 
Kubalik bokschi o‘z munosabatini O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning instagramdagi sahifasiga yozdi.
 
- U hali Tayson Fyuri, Aleksandr Usik va Entoni Joshua bilan boks tushadi. Eng zo‘r havaskor bokschi, eng zo‘r professional bokschi hamdir, - deb yozdi Xulio Sezar la Krus.
 
To‘lqin Qilichev kubalik charm qo‘lqop ustasining postiga quyidagicha javob qaytardi.
 
- Buyuk bokschi – besh karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Xulio Sezar la Krusning Bahodir Jalolov haqidagi so‘zlari shu, - deb yozdi To‘liq Qilichev.
 
Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida barcha nufuzli turnirlar g‘olibi hisoblanadi. U amaldagi jahon va Olimpiya o‘yinlari chempioni. Jahon chempionati bronza medal sovrindori. Uch karra Osiyo chempioni bo‘lgan.
 
O‘ta og‘ir vazn toifasidagi janglarda qatnashib kelayotgan Bahodir Jalolov havaskor bokschilar o‘rtasida jami 110 ta jang o‘tkazib, shulardan 95 tasida g‘alaba qozongan. 21 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
 
Bundan tashqari, hamyurtimiz professional ringda faoliyatini ham davom ettirmoqda. Bahodir 2018 yilning 5 mayidan beri shu kunga qadar 12 ta jangda ishtirok etdi. Mustahkam himoya, kuchli texnika, o‘ta zalvorli zarbaga ega bokschimiz professional janglardagi barcha raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan.
Ko‘plab boks mutaxassislari, murabbiylar va charm qo‘lqop ustalari Toshkentdagi jahon chempionatida o‘ta og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolovning chempion bo‘lish imkoniyatlarini juda yuqori baholamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuba boksi afsonasi: Eng zo‘ri Jalolov, u hali Tayson Fyuri, Usik va Joshua bilan to‘qnashadi!