13:50 / 01.05.2023
270

Kim zo‘r: Jalolov yoki Kunkabayev, Do‘smatov yoki Bibosinov?

Kim zo‘r: Jalolov yoki Kunkabayev, Do‘smatov yoki Bibosinov?
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati turli ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda, turli tahlil natijalari, hatto taxminlar ham boks muxlislari e’tiboriga havola etilyapti.
 
Yakkakurash turlarini ham yoritib borayotgan “neKARAte” Youtube-kanali poytaxtimizdagi jahon chempionati o‘zbek va qozoq boks maktablari vakillarining o‘zaro raqobatiga e’tibor qaratdi. Kanal muallifi o‘ta og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev, yengil vaznda Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinov imkoniyatlariga baho berdi.
- Qamshibek Kunkabayev — mister texnika. U Bahodir Jalolovga raqobat ko‘rsata oladimi yoki yo‘q, buni ko‘rish  juda qiziq bo‘ladi. Lekin men bu jahon chempionatida kimdir Jalolovga yetarli darajada raqobat ko‘rsata olishiga amin emasman. Lekin qizig‘i ham shunda.
 
Kunkabayev raqobat ko‘rsata olishiga ishonyaptimi, demak bu yaxshi, - deyiladi “neKARAte” Youtube-kanalida.
 
Shuningdek, ushbu kanalda Bahodir Jalolovning ham havaskorlar, ham professional yo‘nalishda faol ishtirok etayotganiga e’tibor qaratildi.
 
- Bahodir Jalolov haqiqatan ajoyib yigit. Uning qudrati va afsonaviy bokschi bo‘lishi haqida gapirayotganlar mubolag‘a qilayotgani yo‘q. Lekin shunday bo‘la oladimi?  Uni havaskor va professional boksda bir-biriga o‘tkazaverishda mantiq bormi? Chunki bu ikkisi umuman boshqa-boshqa sport turi. Ularni faqat “boks” degan ibora birlashtirib turadi xolos.
 
Xudo ko‘rsatmasin, havaskor boksda yutqazib qo‘ysa, bu professional karerasiga qanday ta’sir qiladi? Bu yerda har ikki yo‘nalishda ketadiganlar va bir tomonga o‘tadiganlar o‘rtasida to‘g‘ri balansni tanlash muhim, - deydi kanal muallifi.
 
Toshkentdagi jahon chempionati bezagiga aylanishi mumkin bo‘lgan janglar o‘rtasida Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinov raqobati ham bor.
 
- Hasanboy Do‘smatov – olimpiada chempioni, Olimpiya o‘yinlarining eng zo‘r bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogi sohibi. Lekin u hali jahon chempioni bo‘lmagan. Toshkentdagi jahon chempionatida o‘z kuchini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat bor.
 
Hasanboy ajoyib boks tushadi, menga yoqadi. Uning ringga chiqishi har doim katta bayram. Uning hamkasbi Saken Bibosinov bilan to‘qnashuvini ko‘rgim kelyapti. Bu bahsda kim g‘olib chiqsa ham, doimiy tortishuvga nuqta qo‘gan bo‘ladi, - dedi “neKARAte” Youtube-kanali muallifi.
Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinovning o‘zaro raqobatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, oxiriga ikki jangda umumiy hisob durang.
 
2021 yili Belgradda qozoq bokschisining qo‘li baland kelgan. Bir yildan keyin Iordaniyadagi musobaqada Hasanboy zafar quchgan edi.
 
Toshkentdagi jahon chempionatida har ikki bokschi 52 kilogrammgacha vazn  toifasida ringga chiqadi va chempionlik uchun asosiy nomzodlar sifatida e’tirof etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kim zo‘r: Jalolov yoki Kunkabayev, Do‘smatov yoki Bibosinov?