130
Shohjahon Abdullayev: Hudo xohlasa, o‘z uyimizdagi chempionatda xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz
Boks bo‘yicha jahon chempionati -86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayev Qirg‘iz Respublikasi vakili Adilbek Uulu 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Biz uchun jahon chempionati boshlandi. Qirg‘iz Respublikasi vakili ustidan g‘alaba qozondim. Bundan juda ham xursandman. Qo‘llab-quvvatlab turgan ota-onam, murabbiylarim, xalqimizga katta rahmat aytaman.
To‘g‘risi, jang qiyin o‘tdi. Chunki bu bokschi oldinroq meni yutgandi. Mana endi revansh jangida g‘alaba qozondim.
Jahon chempionati o‘z uyimizda - O‘zbekistonda bo‘lyapti. Shuning uchun murabbiylarimiz faqat oldinga borib, raqibga bosim qilishni aytgandi.
Keyingi raqibim qozog‘istonlik bokschi. U ham o‘ziga yarasha kuchli. Umuman olganda, jahon chempionatiga kuchsiz sportchi kelmaydi. Hamma yaxshi tayyorgarlik ko‘radi. Hudo xohlasa, o‘z uyimizdagi chempionatda xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi Shohjahon Abdullayev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi