Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining qiziqarli to‘nashuvlaridan biri 86 kilogrammgacha vazn toifasida bo‘lishi kutilmoqda.
Musobaqada bittadan jangda g‘alaba qozongan hamyurtimiz Shohjahon Abdullayev va qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi Sog‘indiq Togambay navbatdagi bosqichga o‘tish uchun o‘zaro to‘qnash keladi.
Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida Shohjahon Qirg‘iziston vakili Odilbek o‘g‘lini ochkolar hisobida yengdi. Togambay esa birinchi bahsda Kongo Demokratik Respublikasi vakili Natan Nlandu Mbelini texnik nokaut bilan muddatidan oldin taslim qildi.
E’tiborga moliy jihati shundaki, joriy yilning yanvar oyida Shohjahon va Sog‘indiq Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida to‘qnash kelgandi. O‘sha bahsning birinchi raundida Abdullayev raqibini bitta zarba bilan chuqur nokautga tushirib, jangni o‘z foydasiga hal qilgandi.
Qozog‘istonlik murabbiylar va muxlislar Sog‘indiq Togambaydan o‘sha alamli mag‘lubiyat uchun revansh olishni kutmoqda.
- Men bu ikki bokschining Osiyo chempionatidagi jangini eslayman. Sog‘indiq o‘ziga o‘xshamay boks tushdi, o‘ylamay jang qildi.
Boks – shaxmatday gap, o‘zing va raqibing uchun bosh qotirishing kerak. Sog‘indiq aslida juda aqlli bokschi. Lekin o‘sha jangda elementar xatolarga yo‘l qo‘ydi.
Bu galgi jangga taktik jihatdan mukammal tayyorlanishadi, deb o‘mid qilaman. Togambayda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlar bor. Men uning saviyasini yuqoriroq, salohiyati katta, deb bilaman.
U yaqin va o‘rta masofada boks tusha oladi. O‘zbekistonlik bokschi o‘tgan gal uni mag‘lub etgani bu safar Sog‘indiqning foydasiga ishlaydi. Raqib unga yetarlicha baho bermasligi mumkin, - dedi Qozog‘iston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Qayrat Satjanov Sports.kz saytiga fikr bildirib.
Bo‘lajak jangga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Shohjahon Abdullayevning ham Toshkentdagi jahon chempionatidan umidi katta.
- Jahon chempionati o‘z uyimizda - O‘zbekistonda bo‘lyapti. Shuning uchun murabbiylarimiz faqat oldinga borib, raqibga bosim qilishni aytgandi. Keyingi raqibim qozog‘istonlik bokschi. U ham o‘ziga yarasha kuchli. Umuman olganda, jahon chempionatiga kuchsiz sportchi kelmaydi. Hamma yaxshi tayyorgarlik ko‘radi. Xudo xohlasa, o‘z uyimizdagi chempionatda xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi Shohjahon Abdullayev.
Shohjahon Abdullayev hamda Sog‘indiq Togambay o‘rtasidagi bellashuv 8 may kuni bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi