Bahodir Jalolov ham jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi


Toshkentdagi "Humo arena"dagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan 20:25 dan so‘ng +92 kg vaznlilar bahsida Bahodir Jalolov bahraynlik Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qildi.
Uch raund yakuniga ko‘ra hakamlar Bahodirning ustunligini qayd etdi. Yakuniy hisob 5:0. Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…