Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 33-turida “Udineze” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi. Mazkur uchrashuvda «Napoli» (80) «Udineze» (43, 12-o‘rin) bilan durang o‘ynab, muddatidan avval turnir g‘olibiga aylandi. 2-o‘rindagi «Latsio» (64) qolgan 5ta turda g‘alaba qozonsa ham, peshqadamga yeta olmaydi.
Shu tariqa neapolliklar 33 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu — uchinchi skudetto. Klub bungacha 1987 va 1990 yillarda Diyego Maradona yetakchiligida zafar quchgan.
E’tiborlisi, «Napoli»ning 64 yoshli ustozi Luchano Spaletti faoliyatida ilk bor Italiya chempioniga aylandi.
A Seriya. 33-tur
Udineze — Napoli 1:1
4 may, «Dachiya Arena»
Gollar: Lovrich (13) — Osimhen (52).
Udineze – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 82), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udoji (Zegelar, 74), Pereyra, Uolas, Lovrich (Arslan, 78), Samarjich (Toven, 82), Nestorovski.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa, Ndombele (Zelinski, 64), Elmaz, Kvaratsxeliya (Losano, 86), Osimhen.
Ogohlantirish: Exizibue (17).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi