
Ayni paytda jarohatini davolatayotgan Neymar yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. L'Équipe nashrining ma’lum qilishicha, klub sport direktori Luish Kampush braziliyalik yulduzning ketishiga qarshilik qilmaydi.
PSJ Neymarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga bermoqchi. Mutasaddilar 31 yoshli hujumchi klubning yangi loyihasiga mos kelmasligini ta’kidlamoqda. Ushbu loyihada jamoani yoshartirish va unda fransiyalik futbolchilar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Neymarning taqdiri uning agenti Pini Zaxavi va PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiyning kelishuviga bog‘liq bo‘ladi.
PSJNeymarLionel MessiSport DirektoriO'yinchi IjaraFutbol Loyihasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar