Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatov jang qiladi

Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatov jang qiladi
Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘stmatov jang qiladi
Foto: Boks federatsiyasi

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 7-may kungi bahslarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.

Kunduzgi dasturda Abdumalik Halokov va A’loxon Abdullayev jang qiladi. Hasanboy Do‘stmatov hamda Bahodir Jalolov ishtirokidagi janglar kechki dasturdan o‘rin olgan.

  • -57 kg: Abdumalik Halokov — Charli Senior (Avstraliya), (B ring, 15:10 dan so‘ng)

  • -75 kg: A’loxon Abdullayev — Mengyang Jao (Xitoy), (A ring, 16:20 dan so‘ng)

  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Said Mortaji (Marokash), (A ring, 18:40 dan so‘ng) 

  • +92 kg: Bahodir Jalolov — Teremoana Teremoana (Avstraliya), (B ring, 19:55 dan so‘ng).

Janglarni quyidagi havolalar orqali IBA’ning rasmiy saytida jonli tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

A ring — jonli efirga havola

B ring — jonli efirga havola

1—10-may kunlari janglar o‘tkazilayotgan “Humo Arena”ga kirish bepul bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar