Bahodir Jalolov muddatidan oldin g‘alabaga erishdi (Texnik nokaut)


Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
+ 92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Teremoana bilan ringga ko‘tarildi.
Bahodir Jalolov qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
Jalolov birinchi raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda avstraliyalik bokschiga uch bor hisob ochildi. Natijada hakam jangni yakunladi. Shu tariqa, Bahodir Jalolov ikkinchi jangida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, texnik nokaut qayd etdi.































Izohlar 0
…