
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
+ 92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Teremoana bilan ringga ko‘tarildi.
Jangning ikkinchi raundida avstraliyalik bokschiga uch bor hisob ochildi. Natijada hakam jangni erta yakunladi.
Shu tariqa, Bahodir Jalolov ikkinchi jangida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, texnik nokaut qayd etdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi raundda murabbiylarimiz shoshilmasligimni aytishgandi. Og‘ir vazn bo‘lgani uchun nazoratni ushlab turishim kerak edi. Lekin o‘zimni ushlab tura olmadim. Oldinga qarab intildim.
Chempion bo‘lish uchun raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar yutish kerak, deb o‘ylayman. Bugungi raqibim bilan birinchi marta jang o‘tkazdim. Ancha chidamli bokschi ekan, shuncha zarbalarga dosh berdi.
Hakam nega to‘xtatdi? Bilmadim, bu hakamlarning qarori. Men oxirigacha jang qilar edim. Finalda kim bilan jang qilishimning farqi yo‘q. Chempion bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz, - dedi Bahodir Jalolov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar